Farzandli bo'lish istagini amalga oshirish uchun, ehtimol, gormon terapiyasi ko'rinishidagi tibbiy yordam kerak bo'lishi mumkin. Bu ko'pincha EKU muolajasining bir qismi sifatida taqdim etiladi. Gormonlarga asoslangan davolashning maqsadlari tuxumdonlar faoliyatini rag'batlantirish, muntazam ovulyatsiyani ta'minlash va tuxum hujayralarining kamolotini ta'minlashdan iborat. Bundan tashqari, u tuxum hujayrasining implantatsiyasini va homiladorlikning birinchi haftalarida ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Nima uchun aynan gormon Terapiyasi?
Gormonal muvozanatni (qayta) tiklash ustuvor vazifadir. Qalqonsimon bez gormonlari (gipofiz gormonlari), tuxumdon va buyrak usti bezining gormonlari ayolning fertilligiga ta'sir qiladi. Yuqorida aytib o'tilgan gormonlarni ishlab chiqarish va tegishli sekretsiya bezlarining hamkorligi qonli hayz ketish va ovulyatsiyadan iborat muntazam tsikl uchun juda muhimdir.
Tsiklni barqarorlashtirishga erishish uchun tibbiy yordam kerak bo'lishi mumkin. Gormonlar tsiklni ritmga qaytarish yoki tuxumdonlar faoliyatini rag'batlantirish imkoniyatini beradi, shunda tuxum hujayralari ishlab chiqariladi. Biroq, oldindan batafsil tibbiy ko'rikdan o'tish kerak, chunki gormon terapiyasi odatda eng yaxshi tanlov emas. Gormonlar ham turli xil yon ta'sirga ega ekanligini hisobga olish kerak. Turmush tarzini o'zgartirish ko'pincha birinchi eng muhim qadamdir. Shu nuqtai nazardan, PROFERTIL® female ham, albatta, e'tiborga olinishi kerak, chunki bu tadqiqotlarda tasdiqlangan mahsulot ayollarning fertilligini tabiiy ravishda qo'llab-quvvatlaydi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki PROFERTIL® female ayol fertilligini tabiiy yo'l bilan qo'llab-quvvatlaydi.
Gormonlar bilan davolash uchun aniq indikatsiyalr bo'lishi mumkin. Ba'zida qalqonsimon bezni davolash orqali fertillikni yaxshilash mumkin, chunki bepushtlikning sababi sifatida gipotiroidizm (qalqonsimon bezning kam faolligi) tashxisi qo'yilgan bo'lishi mumkin. Tuxumdon etishmovchiligida (tuxumdonning zaifligi) gormonal davolash ham samarali bo'lishi mumkin. Ushbu tashxisda follikullarning pishib yetishi buzilganligi sababli, ovulyatsiya sodir bo'lishi mumkin emas, shuning uchun hayz ko'rish bo'lmaydi. Tuxum hujayralari uchun yetarli darajada yashovchi prekursorlar mavjud bo'lsa, tuxumdonlar funktsiyasini gormonal mahsulotlarni qabul qilish orqali tiklash mumkin.
Agar prolaktin ishlab chiqarish juda yuqori bo'lsa (giperprolaktinemiya) va gormonal muvozanatni buzayotgan bo'lsa, bundayam gormonal muvozanatni tiklash kerak. Bu gormon tug'ruqdan keyin onada sut ishlab chiqarishni rag'batlantiradi va bir vaqtning o'zida ovulyatsiyani bostiradi. Agar homiladorlik sodir bo'lmasa, u holda tuxumdonlar funktsiyasi va homilador bo'la olish qobiliyati haddan tashqari prolaktin ishlab chiqarish orqali jiddiy cheklanishi mumkin.
PROFERTIL® female gormonlarni muolaja davrida ozuqaviy moddalarga asoslangan optimal qo'shimcha bo'lishi mumkin. Vena tibbiyot universiteti kasalxonasida o'tkazilgan klinik tadqiqot buni EKU muolajasi kontekstida tasdqiladi.
Bepushtlik tashxisi qo'yilganda davolash yo'llari:
Muvaffaqiyatga erishish imkoniyati ko'p jihatdan shaxsiy parametrlarga bog'liq. Bunga erkak va ayolning yoshi, tug'ilishning buzilishi turi va psixologik jihatlari kiradi. Insonning qancha davolanishga tayyor ekanligi haqidagi savol ham rol o'ynaydi.
Davolash yondashuvi individual muammoga bog'liq bo'lgan bosqichma-bosqich reja bilan belgilanadi. PROFERTIL® female va PROFERTIL® male davolashning har bir bosqichida maqsadli dietani boshqarish bilan yordam berishadi va shu tariqa, hatto muayyan sharoitlarda bosqichma-bosqich muolaja davrini qisqartirishga imkon beradi. Shuni aniq ta'kidlash kerakki, PROFERTIL® female va PROFERTIL® male muvaffaqiyatli homiladorlik ehtimolini oshiradi. Agar EKU muolajasi zarur bo'lsa, ikkala preparat ham tayyorgarlik paytida va muolaja vaqtida olinishi mumkin..
Tsikl nazorati:
Bu erda maqsad ovulyatsiyaning aniq vaqtini belgilash va unumdor fazani aniqlashdir. Bundan tashqari, fertil kunlar ultratovush va gormonlarni tahlil qilish orqali juda yaqindan kuzatiladi. Shunday qilib, shifokor follikullarning sonini, hajmini va hatto yetukligini aniqlay oladi.
Shu nuqtai nazardan, PROFERTIL® female ayol organizmini tabiiy ravishda tsikl ritmini optimallashtirish va kontseptsiya va homiladorlikka eng yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun qo'llab-quvvatlaydi.

Gormon asosidagi stimulyatsion terapiya:
Ushbu mavzuni batafsil ko'rib chiqishdan oldin shuni ta'kidlash kerakki, hatto EKU muolajasining bir qismi sifatida ham PROFERTIL® female va PROFERTIL®male ni qabul qilish va tegishli parhez tutish, muvaffaqiyatli urug'lanish va homiladorlik ehtimolini oshiradi. Preparatlarning muvaffaqiyat darajasiga ijobiy ta'sir o'z-o'zidan ravshan.
Gormonga asoslangan stimulyatsiya terapiyasi bepushtlikni davolashda qo'llaniladi va sun'iy urug'lantirishning boshlanishi hisoblanadi, chunki bu davolash uchun yetuk tuxum hujayralari mavjud bo'lishi kerak. Har xil stimulyatsiya protokollarini (protseduralarini) hisobga olish mumkin. Tuxumdonlarni tekshirish va gormonlar darajasini tahlil qilishdan so'ng, davolovchi shifokor individual ravishda mos keladigan protokolni tanlashi mumkin. Davolash follikullarning o'sishi va etukligini diqqat bilan kuzatib borish uchun ultratovush va gormonlar tahlillari bilan nazorat qilinadi.

Tuxumdonning gormonal stimulyatsiyasi, agar ayolning fertilligi emas, balki erkakning fertilligi buzilgan bo'lsa, sun'iy urug'lantirishdan oldin ham amalga oshiriladi. Ushbu stimulyatsiya oxir-oqibat bir vaqtning o'zida bir nechta tuxum hujayralarining pishib yetishini ta'minlashi kerak, shunda ular keyinchalik in EKU urug'lantirish (EKU) yoki intrasitoplazmik sperma in'ektsiyasi (ICSI) orqali urug'lantirilishi mumkin va shu bilan farzand ko'rish istagi amalga oshadi. Shu nuqtai nazardan, erkakning muvaffaqiyatli urug'lantirish uchun maqbul sharoitlarga ega bo'lishi muhimroq:

EKU muolajasi kontekstida erkakning urug' sifatiga alohida e'tibor berish kerak. DNK fragmentatsiyasining yuqori nisbati kuzatilganda muolajaning muvaffaqqiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Klinik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki PROFERTIL® male ni qabul qilish spermatazoid hujayralarining DNK fragmentatsiyasini kamaytiradi. Vena Tibbiyot Universiteti klininikasida o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, EKU/ICSI muolajasi ROFERTIL® female qabuli bilan birga olib borilganda yaxshiroq natijalarga esrishiladi.
Gormon terapiyasining risklari:
Yon ta'sirlari teri qizarishi va qizishi, bosh aylanishi va ko'rish buzilishini o'z ichiga oladi. Shuning uchun gormonal terapiya davrida davolovchi shifokorning yaqin monitoringi juda muhimdir. Tuxumdonlarning giperstimulyatsiya sindromi kamdan-kam hollarda yon ta'sir sifatida rivojlanadi, bu tuxumdonlarning kattalashishi yoki juda ko'p follikullar yoki juda katta follikullar bilan tavsiflanadi. Alomatlarga oshqozon shishishi, ko'ngil aynishi, og'riq va nafas qisilishi kiradi. Yon ta'siri juda kuchli bo'lsa, kasalxonaga yotqizish talab qilinishi mumkin.
PROFERTIL® female ayollar uchun va PROFERTIL® erkaklar uchun farzand ko'rish orzusida bo'lgan va gormon terapiyasini qabul qilishga qaror qilgan juftliklarga vrachlari bilan maslahatlashgan olatda qabul qilish tavsiya qilinadi. Har ikkala preparat ham ehtiyoj ko'paygan maqsadli ishlatiladigan mikronutrientlari bilan muvaffaqqiyatli homiladorlik ehtimolini oshiradi.



